Sergeli tuman hokimi ishdan olindi

Jamiyat 20:34 / 08.08.2020 47581

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Shamuratov mansabga sovuqqonlik bilan qaragani, mahallalar bilan ishlamaganligi va muhtojlar ro‘yxatini shakllantirishda tizimli ish tashkil qilmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Murod Isaboyev Sergeli tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Baxtiyor Shamurtov Toshkent davlat agrar universiteti (1999) va O‘zbekiston DSQ Soliq akademiyasi (2002) bitiruvchisi.

U 1999-2012 yillarda soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda Toshkent Kapital qurilish boshqarmasida ishlagan, 2014-2018 yillarda Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil davomida Toshkent turizmni rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan, 2018-2019 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil sentyabridan buyon Sergeli tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: