Samarqandda SMS xabar tufayli kelib chiqqan janjal odam o‘limi bilan tugadi

Jamiyat 17:03 / 08.08.2020 15863

2020 yilning 4 avgust kuni soat 14:00da Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Xalqobod” MFYda 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i, 27 yoshli N.B.ga telefon qilib chaqirib, singlisi 18 yoshli M.D.ga nima maqsadda SMS xabar jo‘natib tinchligini buzayotganligini so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yashash uyi orqa tomonida o‘zaro janjallashib qolishib, Sh.Y. janjal davomida mushti bilan N.B.ning bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.        
                                        
Natijada, N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: