Prezident elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bo‘yicha qaror imzolaydi

O‘zbekiston 08:29 / 08.08.2020 5529

Prezidentning “Energiya resurslari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati barqarorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir oy muddatda elektr energiyasi iste'moli va to‘lovining billing tizimi “Elektrohisob” dasturiy kompleksi ma'lumotlari asosida 2020 yilning 1 avgust holatiga maishiy va ulgurji iste'molchilar ro‘yxatini ularning qarzdorligi va haqdorligi ko‘rsatilgan holda qog‘oz ko‘rinishida chop etilishi, tikilgan va muhrlangan shaklda buxgalteriya hujjati sifatida saqlanishi ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir oy muddatda Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgandan boshlab 2020 yil 1 avgustgacha bo‘lgan davrda Jamg‘armaga elektr energiyasini sotishdan ajratilishi zarur bo‘lgan va haqiqatda ajratilgan mablag‘larning miqdori aniqlaydi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Dalolatnoma asosida Jamg‘armaga ortiqcha tushgan mablag‘lar bir oy ichida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qaytariladi yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Jamg‘armaga o‘tkazilmay qolgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta'minlash, iste'molchilarning qarzdorligi kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi sotuvi va iste'molini hisobga olish bo‘yicha vazifa va vakolatlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga o‘tkazilishi munosabati bilan bir oy muddatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli binolarda faoliyat olib borayotgan Majburiy ijro byurosining hududiy filiallarini boshqa binolarga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning energiya resurslarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 5 foizini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning alohida depozit hisob raqamida jamlash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, depozit hisob raqamidagi mablag‘lar birinchi navbatda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishda yuzaga kelgan kreditor qarzdorliklarni va jalb qilingan kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Respublika miqyosida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilayotganligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuzilmalariga birinchi navbatda mazkur tizimni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan xodimlar tanlov asosida jalb qilinadi.

Energetika vazirligi va “Hududgazta'minot” AJ 2020 yil 1 oktyabrga qadar “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: