Pirlo «Yuventus»ga bosh murabbiy bo‘ldi

Sport 23:26 / 08.08.2020 8409

«Yuventus» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi.

Klubning sobiq futbolchisi, 41 yoshli Andrea Pirlo shu lavozimga tayinlandi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

OFFICIAL ✍️ Andrea Pirlo is the new coach of the First Team. #CoachPirlo

Publikatsiya ot Juventus (@juventus)

Avvalroq, Pirloning «Yuventus U23» bosh murabbiyi bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan edi. Ammo asosiy jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmagach, bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste'foga chiqarib yuborildi. «Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.

Andrea Pirlo 2011-2015 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va 120ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: