Pandemiya davrida havodagi azot oksidi chiqindisi 30 foizga qisqargani ma'lum qilindi

Jahon 20:45 / 08.08.2020 5066

COVID-19 pandemiyasi davrida joriy etilgan karantin va cheklov choralari atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar kamayishiga olib keldi, deyiladi Buyuk Britaniya va AQSh olimlarining tadqiqotlarida. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnali xabar bermoqda.

Pirs Foster boshchiligidagi Lids universitetining bir guruh mutaxassislari issiqxona gazlari va havoni ifloslantiruvchi boshqa moddalarning o‘nga yaqin turi bilan bog‘liq o‘zgarishlar dinamikasini kuzatishgan.

«Tadqiqot fevraldan iyungacha 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Aynan shu paytda koronavirus tufayli aksariyat davlatlarda odamlarning harakatlanishiga va sanoat korxonalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, aprel oyida global azot oksidi chiqindilari 30 foizga kamaygan. Bu esa yil boshidan sayyoramizning qisqa muddatli sovishiga olib keldi», – deya ta'kidlanadi maqolada.

Olimlar pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarning atfosmeraga bevosita ta'siri sezilar-sezilmas bo‘ladi, deb hisoblashgan.

Ularning ta'kidlashicha, agar iqtisodiy tiklanish yashil tadbirlarni rag‘batlantirish va yoqilg‘ining qazib olinadigan turlari bilan ishlashni qisqartirishga qaratilgan bo‘lsa, 2050 yilga kelib 0,3 darajaga qadar global isishning oldini olish mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: