O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etilishi kutilyapti. U yo‘l xo‘jaligi sohasiga aloqador

O‘zbekiston 08:23 / 08.08.2020 5583

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtoyo‘linvest” agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Respublika yo‘l jamg‘armasi negizida yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtoyo‘linvest” agentligi tashkil etiladi.

Agentlik Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mol-mulklari va imzolagan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • yo‘l xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;
  • yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etish;
  • tender savdolari natijasida g‘olib bo‘lgan pudrat tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish;
  • loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • tegishli vazirliklar va idoralar, shuningdek yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
  • investitsiya dasturi prognozlarini o‘z vaqtida ijrosini amalga oshirish hamda yakunlangan ishlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishni ta'minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning Respublika yo‘l jamg‘armasi buyurtmachilik faoliyati bo‘yicha avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash ishlaridan hosil bo‘lgan debitor qarzdorliklarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarning undirish muddati o‘tgan qarzdorliklarini kechish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bir oy muddatda Respublika yo‘l jamg‘armasi buyurtmachilik faoliyati bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanmagan obektlarni hamda buyurtma asosida tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” DUKga topshirish ishlarini yakunlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: