O‘zbekiston va Malayziya qator yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkillashtirishi kutilyapti

O‘zbekiston 08:44 / 08.08.2020 2811

2020 yil 7 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi o‘rinbosari Nadzira Binti Osman bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Malayziya sherikchiligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar davlat boshqaruvi va kadrlar siyosati jabhalarida tajriba almashish hamda davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘rganishga qiziqish bildirishdi.

Hozirgi global pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash va aholi xavfsizligi sohasida, shuningdek menejment, marketing, kichik va o‘rta biznesni yuritish, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi muhim yo‘nalishlarda o‘quv kurslarini tashkillashtirishning dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Malayziya kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: