OTM to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi

O‘zbekiston 17:47 / 08.08.2020 30262

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov kontrakt to‘lovi o‘zgarishi masalasiga aniqlik kiritdi.

“2020-2021-o‘quv yilida kontrakt to‘lovi miqdori o‘zgarishsiz qoladi, oshirilmaydi, kamaytirilmaydi. Qo‘shimcha qilish kerakki, pandemiya sharoitida ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar. Kirish imtihonlari sentyabrda bo‘lib o‘tishini hisobga olsak, birinchi kurs talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari oktyabrdan boshlanadi,” – deb ma'lum qildi Majidov.

Bundan avval Oliy ta'lim vazirligi OTMda kontrakt pullari nimaga sarflanishi haqida ma'lumot bergandi. Vazirlik rasmiy izohida aytilishicha, pandemiya muddatlari uzaytirilib, o‘qish onlayn tarzda davom ettirilgan holatda ham, to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar va ularning ota-onalari xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q. 

Ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan har bir talabaga muassasa ma'muriyati tomonidan individual yondashgan holda imkoniyat yaratib beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: