Medvedev Abxaziya-Osetiya mojarosini «Rossiyaga qarshi urush e'lon qilish» deb atadi

Jahon 16:59 / 08.08.2020 13756

Gruziya hukumatining 2008 yilda Jaubiy Osetiya va Abxaziyaga nisbatan qilgan harakatini Rossiyaga qarshi urush e'lon qilish deb baholash mumkin. Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev «VKontakte»dagi sahifasida yozdi.

 «Aslida, Rossiya Federatsiyasiga urush e'lon qilinishi to‘g‘risida gap borgan», — deb yozdi u.

 Medvedev Gruziyaning o‘sha paytdagi rahbari Mixail Saakashvilining harakatlarini «jinoyatkorona» deb baholadi.

«O‘shanda murakkab, lekin yechim bo‘ladigan yagona qarorni qabul qilganman —Abxaziya va Janubiy Osetiyani tajovuzdan himoya qilish, so‘ngra esa ular fuqarolarining iltimosiga binoan to‘la mustaqilligini tan olish», — dedi siyosatchi.

Janubiy Osetiyadagi qurolli nizo 12 yil avval sodir bo‘lgandi. 2008 yil 8 avgustda Gruziya hududga qo‘shinlarini olib kirgan. O‘shanda Rossiya prezidenti bo‘lgan Medvedev javob sifatida «tinchlikka majburlash» operatsiyasi o‘tkazilishini e'lon qilgan.

Besh kun davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng Gruziya harbiylari hududdan siqib chiqarilgan, Rossiya harbiylari Gruziyaga kirib borgan va Tbilisi yaqinida to‘xtagan.

12 avgust kuni  Medvedev operatsiya yakunlanganini e'lon qilgan. Avgust oxirida esa Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyaning mustaqilligini tan olgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida Gruziyadan 170 harbiy halok bo‘lgan, 2 mingga yaqini jarohatlangan. Rossiya tomonidan 64 askar halok bo‘lgan va 291 nafari yaralangan.

Ko‘proq yangiliklar: