Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik ekspertlar koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Robert Kox instituti rahbariyati bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashishda hamkorlikni muhokama qildi. Institut ekspertlari O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda elchixona matbuot kotibi.

Foto: Reuters
Robert Kox instituti Germaniya hukumati va davlat sog‘liqni saqlash idoralari uchun asosiy maslahat markazi hisoblanib, yuqumli kasalliklarni oldini olish va nazorat qilishda, shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Turli xil bakterial va virusli kasalliklar bo‘yicha milliy ma'lumot markazi va laboratoriyalar ham mazkur institutda joylashgan. Bu yerda faoliyat olib borayotgan 1300dan ortiq olimlar va ekspertlar mintaqaviy epidemiyalarni tekshirish va zarur choralar belgilashda mas'ul bo‘lib, tegishli hukumat idoralari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqadi. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hamda Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, ko‘plab xalqaro loyihalarini muvofiqlashtirib boradi.
COVID-19 boshlangandan beri milliy va xalqaro darajada inqirozga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab, koronavirus avj olishini tahlil etish, baholash va unga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda ko‘mak berib kelmoqda.
Muhokama davomida yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda xalqaro tajriba va malakali mutaxassislarga ehtiyoj borligi sababli Robet Kox instituti yetakchi ekspertlari va tajribali vrachlardan iborat guruhning O‘zbekistonga ko‘maklashish uchun yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqish so‘raldi.
Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi rahbari A.Yansen dunyo bo‘ylab keng tarqalgan COVID-2019 infeksiyasiga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyatning yanada jipslashishi lozimligi, vaziyat shuni taqozo etayotgani, jumladan Germaniya ham yolg‘iz o‘zi uni yenga olmasligi, faqatgina xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilangina ko‘zlangan natijaga erishish mumkinligini ta'kidladi.
Institutning xalqaro missiyalari odatda Germaniyaning yirik shifoxonasi Sharite klinikasi bilan birgalikda tashkil etilishini aytib, O‘zbekistonga ekspertlar guruhi safarini ikki bosqichda tashkil etish mumkinligini bildirdi.
Dastlabki bosqichda Robert Kox instituti hamda Sharite klinikasining 7-8 nafardan iborat ekspert va vrachlaridan iborat guruh joriy yil avgust oyi o‘rtalarida O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Ular respublika poytaxti va viloyatlarda tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurash shtablari, tibbiy markaz va muassasalarga amaliy ko‘mak beradi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:52 / 14.07.2025
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

15:30 / 14.07.2025
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi

13:55 / 14.07.2025
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi

14:07 / 12.07.2025