Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi 7ta madaniy meros obektini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda
Buxoro viloyatidagi yana 7ta madaniy meros obektini YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha nomzodlik hujjatlari tayyorlandi.

O‘zbekiston BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNeSKOga 1993 yilda a'zo bo‘lib, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya 1995 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, konvensiya doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qal'a”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” obekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Bildirilishicha, bugungi kunda Buxoro viloyatida 829 ta moddiy madaniy meros obektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura obektlari, 17 tasi monumental san'at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi va Qayroqum yo‘nalishi” (O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegaralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura obektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha, xalqaro mezonlarga asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
-
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston | 11:25
-
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Jamiyat | 11:24
-
Isroil darziylarni himoya qilish uchun Suriya qo‘shinlariga zarba berdi
Jahon | 11:22
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

08:40 / 05.07.2025