Bishkekda barcha sanitar-nazorat postlari olib tashlandi

Jahon 13:09 / 08.08.2020 10006

Qayd etilishicha, mazkur qaror Qirg‘iziston fuqarolar muhofazasi komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Qaror komissiya raisi, Bishkek shahri hokimi o‘rinbosari Aziz Alimqulov tomonidan imzolangan.

Agentlikning yozishicha, shaharga kirish va chiqishda jami 12 ta post o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda FVV, SSV, IIVning 152 nafar xodimi faoliyat olib borgan.

Qirg‘izistonda o‘tgan sutkada 665 kishi koronavirusdan tuzalgani qayd etilan. Bishkek shahrining o‘zida COVID-19dan sog‘ayganlar soni 142 nafarni tashkil etadi.

Shu bilan birga, so‘nggi 24 soat ichida 8 kishi ushbu kasallikdan vafot etgani holda poytaxtda birorta o‘lim holati kuzatilmagan. Pandemiya boshlangandan buyon respublikada 1459 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan. Ayni paytda 7050 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: