Bill Geyts koronavirusga qarshi qaysi dorilar samarali ekanligini va pandemiya qachon tugashini aytdi

Jahon 23:06 / 08.08.2020 181381

Ayrim mamlakatlar yetarli darajada tekshiruvdan o‘tmagan va davlat organlari tomonidan ma'qullanmagan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan odamlarni emlashadi, dedi Microsoft hammuassisi Bill Geyts The Wired nashriga bergan intervyusida.

«Xitoy va Rossiya katta tezlikda ketmoqda. Dunyoning qayeridadir ko‘plab bemorlar to‘liq o‘rganilmagan vaksinalar bilan emlanishiga ishonchim komil. Sinovlarning uchinchi bosqichiga qaramasdan, salbiy ta'sirlarni o‘rganish uchun bizga uch-to‘rt oy kerak», — dedi Geyts.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, boy davlatlarda koronavirus pandemiyasi 2021 yil oxirida tugashini aytdi. Dunyoning qolgan qismida esa 2022      yil oxirida.

Geyts remdesivir va deksametazon dorilarini koronavirusga qarshi samarali vositalar deb atadi. Uning aytishicha, boshqa dorilar ham remdesivir yoki deksametazon asosida tayyorlanadi, chunki faqat ana shu dorilargina COVID-19dan davolashda ijobiy ta'sir ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, milliarder pandemiya uning hayotini qanday o‘zgartirib yuborganini aytdi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p sayohat qilishga o‘rganib qolgan, hozir esa buning iloji yo‘q.

«Agar prezident Makron bilan uchrashish va unga «Koronavirusga qarshi vaksinaga pul ber» demoqchi bo‘lsam, qanchalik jiddiyligimni ko‘rsatish uchun Fransiyaga yo‘l olgan bo‘lardim. Endi esa GAVI sammitini o‘tkazdik va men sammit davomida uyda o‘tirdim», — dedi Geyts.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiyaning ijobiy tomonlari ham bor: uning farzandlari ko‘proq vaqt uyda bo‘lishmoqda.

Bill Geyts hozirda Microsoft texnik maslahatchisi hisoblanadi. U asosiy vaqtini xayriya jamg‘armasi ishlariga sarflaydi.

Ko‘proq yangiliklar: