Amerikada koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan oldin bunkerlar savdosi oshdi

Jahon 19:20 / 08.08.2020 12632

Ko‘chmas mulk sotuvchi tadbirkorlarning xursandchiligi cheksiz. Chunki, o‘tmishda «oxirzamon nazariyasi»ning kamyob ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan yer osti bunkerlarining savdosi hozirgi kunda 4 barobar oshgan. Endi badavlat oilalar yer osti uylarini sotib olib, koronavirusdan yashirinishga urinmoqda

Standart bunkerda hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor – yer osti basseynlaridan tortib, sinf xonalarigacha. Ammo hozirgi vaqtda o‘z «tomorqa»siga ega uylarning bozori chaqqonlashgan, chunki do‘konga chiqishga hojat qolmaydi. Shu tufayli, tayyor akvaponika laboratoriyasiga ega yer osti uylari ko‘proq sotilmoqda, u o‘simliklarni tuproqsiz o‘stirish imkonini beradi.

«Bunker - hovlidagi yerto‘laga o‘xshamaydi. Agar u yer ustida joylashganida 15 qavatli bino bo‘lar edi. Misol uchun bu Uichito shahridagi ko‘p qavatli binolar ichida ikkinchi o‘rinda turadi», - dedi Survival Condo Projecs xo‘jayini Larri Holl. 

Mutaxassis bunkerlarga bo‘lgan talabning oshishini koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini oldidagi vahima bilan bog‘lamoqda. 

Endi yer osti uylarini sotuvchi firmalar mijozlar oldida shart qo‘yishmoqda – chegirmalar bekor qilindi, pulni qismlarga bo‘lib to‘lash yo‘q, to‘lov faqat naqd pulda, oldindan band qilish yo‘q – kim birinchi pulini to‘lasa, bunkerga egalik qiladi.

«Bunker sanoatiga bo‘lgan ishonch «osmonga ko‘tarildi». «Qiyomat kuni»dan saqlanish ixlosmandlari harbiy kiyimda yurishadi», degan stereotip yo‘qoldi. Endi professional shifokorlar, huquqshunos va milliarder tadbirkorlar bunkerlar bilan qiziqmoqda»,- dedi Holl.

Ko‘proq yangiliklar: