2030 yilgacha dengiz shamolidan olinadigan energiya hajmi 8 marta oshadi

O‘zbekiston 08:57 / 08.08.2020 2421

Dengiz shamolidan olinadigan energiya butun dunyo bo‘ylab 2019 yildagi 29,1 GVtdan 2030 yilda 234 Gvtgacha, ya'ni 8 marta oshishi mumkin. Bunday prognozni Shamol energetikasi bo‘yicha global kengash tahlilchilari (GWEC) berishmoqda

Ular yaqin 10 yil ichida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida hamda Yevropa davlatlarida toza energetika tarmog‘i jadal o‘sishini prognoz qilishmoqda.

2019 yilda yangi shamol fermalari yordamida 6,1 GVt qo‘shimcha energiya olingan. 

Umuman olganda, dengiz shamoli energetikasi bozori 2013 yildan beri chorak qismga o‘sgan. Bu asosan Yevropadagi yangi stansiyalar hisobiga yuz bergan. Yevropadagi shamol stansiyalari dunyodagi barcha shamol stansiyalarining 75 foizini tashkil qiladi.   

Ayni vaqtda shamol energetikasi bo‘yicha Xitoy 1-o‘rinni egallamoqda. Ushbu davlatda shamol fermalari yordamida 2,4 GVt energiya olinadi. 2-o‘rinni 1,8 GVt bilan Britaniya, 3-o‘rinni 1,1 GVt bilan Germaniya egallamoqda. Mintaqalar kesimida shamol energiyasi ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bo‘yicha Yevropa yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va AQSh egallamoqda.

Yaqin 10 yil ichida shamol energetikasi tarmog‘ida 900 ming yangi ish o‘rni paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich agar qonun chiqaruvchilar ushbu tarmoq o‘sishini jadallashtiruvchi choralarni qo‘llab-quvvatlasalar muntazam oshib boradi. 

Bundan tashqari, har bir gigavatt dengiz shamoli energiyasi atrof-muhitga karbonat angidrid SO2 chiqarilishini 2,5 mln tonnaga qisqartiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: