Lukashenko COVID-19 pandemiyasini siyosiy va iqtisodiy o‘yin deb atadi

Jahon 19:06 / 07.08.2020 11712

COVID-19 nafaqat kasallik, balki siyosiy va iqtisodiy urush hamdir. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytdi.

«Bu siyosiy va bugun ko‘rib turganimizdek, iqtisodiy qarama-qarshilik ham emas, balki urushdir», — deya undan iqtibos keltirdi Lukashenkoning matbuot xizmati.

 Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, barcha mamlakatlar koronavirus infeksiyasidan «ko‘tarilish, yuqorida bo‘lish va iloji bo‘lsa boshqalarni tushirib yuborish» uchun foydalanmoqda.

 Belarus prezidenti avval ham kasallik xavfi bo‘rttirib ko‘rsatilayotganini aytgan va mamlakatda karantin choralari joriy etishga qarshi chiqqandi.

Lukashenko iyul oxirida o‘zi ham koronavirus yuqtirib, tuzalganini aytgandi. Keyinroq esa unga koronavirusni ataylab yuqtirishganini taxmin qildi.

Ko‘proq yangiliklar: