Bayrutdagi portlashga aloqador rossiyalikning qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi

Jahon 17:58 / 07.08.2020 25691

Grechushkin Livan hukumati va Interpol iltimosiga ko‘ra Kipr politsiyasi tomonidan ushlandi. Ta'kidlanishicha, rossiyalik hibsga olinmagan, balki unga «bir necha savollar berilgan».

Kipr xavfsizlik xizmati erkakni izlayotgani haqidagi xabarlar 5 avgust kuni tarqalgan edi. Bayrutdagi juda kuchli portlashga sabab bo‘lgan ammiak selitrasi yuki xabarovsklik Igor Grechushkinga tegishli Rhosus kemasidan konfiskatsiya qilingan. Shundan so‘ng tadbirkor bankrot bo‘lib, kemani tashlab ketgan. Uning bortida ishlayotgan rossiyalik va ukrainalik dengizchilar esa 1 yil davomida mamlakatda qolib ketishgan.

Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 100dan ortig‘ining jasadi topildi.

Livan kuchishlatar idoralari ma'lumotiga ko‘ra, dengiz portidagi omborda saqlanayotgan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi buzilgani sababli portlash sodir bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: