Urgutda «Qoradori-2020» tadbiri davomida qator shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 12:40 / 06.08.2020 4717

Samarqand viloyati bo‘ylab “Qoradori-2020” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqichi davom etmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 5 avgust kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Ko‘tarma mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan N.J.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi hovlisida 5 metr kvadrat yer maydoniga balandligi 4 metr bo‘lgan jami 12 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, xonadonni ko‘zdan kechirish davomida uyining tomidan og‘irligi taxminan 6 kilogramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi va yashash uyi ichkarisidan og‘irligi taxminan 100 gramm bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligi urug‘lari borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

5 avgust kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB hamda DXX Urgut shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Mirzobog‘lon-Chep mahallasida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan, oilali 7 nafar farzandi bor Z.O. ismli ayolning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi hovlisida ekilgan pomidor o‘simligining ichidan 12 tup, uzumzori ichidan 4 hamda og‘ilxonasidan 3 tup, jami 19 tup balandligi 1,50 sm bo‘lgan “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirilib olindi.

Shu kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB hamda DXX Chegara qo‘shinlari tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Beshyog‘och mahallasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan T.R.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Ushbu fuqaroning yashash uyi hovlisidagi uzumzori ichida 15 tup hamda hovlisida ekilgan olma daraxti ostida 1 tup, jami 16 tup bo‘yining balandligi 1 metr bo‘lgan, “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Barcha holatlar yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: