2020 yilning 5 avgust soat 09:00larda fuqaro, 19 yoshli S.S. boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog‘i hududining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u shu vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan, 7 yoshli Sh.A. (qiz)ni avtomashinasi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, voyaga yetmagan Sh.A. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.