Prostata bezi saratonining asosiy belgilari aytildi

Light 18:01 / 06.08.2020 18816

Bunda prostata bezidagi saraton hujayralari tanaga qon oqimi va limfa tugunlari orqali tarqalishi mumkin, deb xabar berdi Medikforum.

Onkologlar prostata bezi saratoni boshlanganini ko‘rsatuvchi 6ta asosiy alomatlarni sanab o‘tishdi:

  • siydik ajralishidagi og‘riq;
  • siydik oqimi kuchining pasayishi;
  • spermada qon izlari;
  • suyaklardagi og‘riq;
  • oyoqlarning shishishi;
  • charchoq alomatlari.

Shuningdek, ereksiyaning buzilishi, anemiya, vazn yo‘qotilishi va kalsiy miqdorining oshishi ham onkologiya belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Kalsiy miqdorining oshganiga ich qotishi va ko‘ngil aynishi ishora qilishi mumkin. 

Olimlar bu alomatlarning istalgan biri namoyon bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilishni tavsiya etishmoqda. Bunda kasallikning sababi xavfsiz o‘sma – adenoma bo‘lishi ham mumkin. Har qanday holatda onkologiya yo‘qligiga ishonch hosil qilish muhim hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: