O‘zbekistonda bojxona sohasiga aloqador yangi yig‘im joriy etiladi

O‘zbekiston 07:30 / 06.08.2020 18061

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan qaror loyihasi avtomobilda milliy va xorijiy yuk tashuvchilarga tovar va transport vositalarini O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali olib o‘tish uchun maksimal qulay sharoitlar yaratish, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish, amalga oshirilayotgan operatsiyalarni avtomatlashtirish hamda transport logistikasining jozibadorligini oshirish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

Bojxona kodeksining 218-moddasi (Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari) jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yig‘im undirilishi nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Hozirgi kunda tashqi savdo tovarlarini respublika =ududida manzilga yetkazib berishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-4-moddasida fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa—uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima qo‘llash sifatida ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Qayd etilishicha, 2019 yilda Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan ushbu modda bilan 1 728 ta ma'muriy ish qo‘rib chiqilib, 942 ta sud ishida huquqbuzarlar ishtirok etmagan. Shundan, 841 ta holatda 185,6 mln so‘m miqdorida jarima undirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, ma'muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida kiritilayotgan yig‘im miqdori bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kalendar kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga mos ravishda joriy etilmoqda.

Bildirilishicha, mazkur yig‘imning joriy etilishi respublika hududida harakatlanayotgan tashuvchilarga quyidagi ijobiy natijalarga erishiladi:

  • bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni belgilangan muddatlarda yetkazib berilmaganligi uchun MJtKning 227-4-moddasi 5-qismi va 227-16-moddasi 1-qismi huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirmaslik;
  • tashuvchining sodir etgan huquqbuzarligi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha vaqt sarflamaslikka;
  • huquqbuzarlik holatida xolislarni jalb etmaslikka;
  • soddalashtirilgan tartibda yagona belgilangan stavkada bojxona yig‘imini undirish;
  • chegara o‘tkazish punktlarida tashuvchilarining tezroq harakatlanishiga;
  • bojxona tartibotlarining soddalashtirilishi va shaffofligini yanada oshirishga;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga imkon beradi.

Bugungi kunda amaliyotda tashuvchilar tomonidan tovar va transport vositalarini kechiktirib yetkazib berganligi ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Huquqbuzar tashuvchining javobgarlik masalasini sudda ko‘rib chiqish jarayoni uzoq vaqt davom etishi hamda ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarayotganligi, tashuvchilar va yuk egalari bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlarining e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda, deyiladi hujjatga izohda.

Ko‘proq yangiliklar: