Nyu-Yorkka kirish joylarida koronavirusga tekshirish punktlari tashkil etiladi

Jahon 00:19 / 06.08.2020 1757

Koronavirus aniqlangan shaxslar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, bu talabni buzganlarga esa 10 ming dollargacha jarima solinadi.

Nyu-York shahriga kirish joylarida koronavirus yuqtirgan shaxslarni aniqlash uchun tekshiruv punktlari tashkil etiladi. Bu haqda shahar meri Bill de Blazio ma'lum qildi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, bu talabni buzganlarga esa 10 ming dollargacha jarima solinadi.

"Biz odamlarni jazolamoqchi emasmiz. Faqat, shaharga kirayotganlar qoidaga amal qilishlarini istaymiz", dedi u.

Tekshiruv punktlari ko‘prik va tonnellarda, temir yo‘l stansiyalari va aeroportlarda tashkil etiladi.

Vaziyatni shuningdek, test o‘tkazish va koronavirus tarqalishini kuzatish bo‘yicha guruh ham nazorat qiladi. Guruh rahbari Ted Longning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi har beshinchi holat boshqa shtatlardan kelganlarda qayd etilmoqda.

Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4,77 milliondan oshgan, 157 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: