Lukashenko unga ataylab koronavirus yuqtirishganini aytdi

Jahon 19:37 / 06.08.2020 15363

“Menga koronavirusni yuqtirishgan. Biz hozir buni tergov qilmoqdamiz”, deb aytgan Lukashenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida. Lukashenkoning bu so‘zlarini Minskdagi intervyuda ishtirok etgan “Gordon” nashri bosh muharriri Alesya Batsman keltirib o‘tdi.

28 iyulda Belarus prezidenti koronavirusga chalingani, biroq undan sog‘ayib ketganini ma'lum qilgan. “Siz bugun koronavirusni “oyoqda” o‘tkazgan odam bilan uchrashmoqdasiz. Kecha shifokorlar shunday xulosa berdi. Simptomlarsiz”, deb aytgandi Lukashenko.

Belarus rahbari kasallikni alomatlarsiz o‘tkazganidan mamnunlik bildirgan. “Men avval ham aytganimdek, aholimizning 97 foizi bu kasallikni simptomsiz o‘tkazdi. Yaxshiyamki, men simptomsizlar guruhidaman. Nihoyat bu kasallikni yengib o‘tib, Belarusning oltin fondiga qo‘shildim»,  deya hazillashgandi Lukashenko. 

Belarus prezidenti koronavirusni qachon boshdan o‘tkazganiga aniqlik kiritmagan.

Ko‘proq yangiliklar: