«Koronavirusda pufak shishirish mumkin emas». Nafas gimnastikasi bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari

O‘zbekiston 14:04 / 06.08.2020 17991

«Paradoksal nafas olish mashqlari koronavirusda foydali. Odatda nafas olganimizda qorin ichkariga tortiladi, nafas chiqarganda esa shishib, bo‘shashadi.

Paradoksal nafas mashqida esa bu tartib teskari bo‘ladi. Qorin ichiga pufak joylashgandek nafas orqali uni shishirishga harakat qilish kerak. Nafas olganda pufak shishiriladi, ya'ni qorin ko‘tariladi. Nafas chiqarganda esa qorin ichkariga tortiladi. Bu mashqda nafasni bir martada chuqur yoki bir necha qisqa nafaslar olish mumkin.

Mashqni 5-6 daqiqa davomida qilish mumkin. Doimiy ravishda shu tartibda nafas olish ham faqatgina foydaga xizmat qiladi.

Bog‘chada bajariladigan mashqlar – qo‘llarni tepaga ko‘tarib tushirish, yonga qayrilish chog‘ida nafas olish va chiqarish mashqlari ham foydali», dedi Shklovets «Tez yordam» ko‘rsatuvining 5 avgustdagi sonida.

Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning ta'kidlashicha, aksariyat tavsiya qilayotganidek, koronavirusda pufak shishirish mumkin emas.

«Ko‘pchilik koronavirusda pufak shishirishni maslahat bermoqda. Lekin bu kasallikda bunday mashq mumkin emas. Bu keraksiz ish.

Shuningdek, koronavirusda bemorlar qoringa yotishi kerak. Chunki orqa tomondan mushaklar kuchli. Faqat orqa tomon bilan yotilsa, nafas olish chuqurligi yaxshi bo‘la olmaydi, kislorod bilan to‘yinish kamayishi mumkin. Shu bois bemorni qorin bilan yotqizish kerak», dedi mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: