Shavkat Mirziyoyev Livanga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 14:36 / 05.08.2020 10671

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Bayrutning port mavzesida 4 avgust kuni kuchli portlash yuz berdi. Undan avval yana bir, kuchsizroq portlash kuzatilgan. Ikkinchi portlashning to‘lqini kuchi 3,3 magnitudali zilzilaga teng seysmik to‘lqinlarni keltirib chiqardi. Bu hatto Livandan 240 kilometr masofada joylashgan Kiprda ham sezilgan. Bayrutning o‘zida esa portlash joyidan 10 kilometr masofada joylashgan binolar zarar ko‘rgan: ularning oynalari sinib ketgan va balkonlari ko‘chib tushgan. Shaharning zarar ko‘rgan hududlarida avtomobillar portlash sabab ag‘darilib ketgan, ko‘chalar vayron bo‘lgan bino bo‘laklariga to‘lgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 100dan oshgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: