Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston 14:11 / 05.08.2020 25963

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev onlayn tarzda apparat yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda viloyat hokimi qator tayinlovlarni o‘qib eshittirdi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Akbar Eshonqulov Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2019 yildan Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo  boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi vazifasida bo‘lgan Shohjahon Omonov Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan.

Bo‘riboy Domotov Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi, Ulug‘murod Lutfullayev Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati 1-toifali mutaxassisi lavozimiga tayinlangan.

«Shuningdek, yig‘ilishda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi rahbari Abdug‘ani Himmatovga tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun hayfsan berildi», deyiladi ma'lumotda. 

Ko‘proq yangiliklar: