Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘runovning «Spartak»dek buyuk klubga o‘tgani yoqimli». Vadim Abramov Oston bilan munosabati va uning milliy jamoadagi kelajagi haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning «Ufa»dan «Spartak»ka o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘runov bilan uning «Spartak»ka o‘tishi haqida gaplashmagandik. Uning o‘z agentlari bor. Shaxsan men uchun O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosining «Spartak»dek buyuk klub safiga o‘tishi yoqimli bo‘ldi. Umid qilamanki, bu unga foydali bo‘ladi, u esa milliy jamoa uchun naf keltiradigan o‘yinchiga aylanadi.
Oston «Spartak»da ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, munosib o‘yin namoyish etadi, deb o‘ylayman. U «qizil-oqlar» safidagi birinchi o‘zbek emas. Shunday ekan, u o‘zbekistonlik futbolchilarning munosib izdoshi bo‘lishiga umid qilaman.
Shubhasiz, uning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, Ostonning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmasligi xavfi ham bor, buni ham inobatga olish kerak. Shunga qaramay, u o‘ziga xos iqtidorga ega va buni «Spartak»da ham ko‘rsata olsa ajoyib bo‘lardi.
Har bir narsaning plyus va minuslari bo‘ladi. Agar Oston «Spartak»da o‘yin amaliyotisiz qolib ketsa, tabiiyki O‘zbekiston milliy jamoasida uning o‘rniga boshqa futbolchi o‘ynaydi.
Oston bilan yo‘llarimiz avval kesishgan. Ammo o‘shanda olimpiya jamoasining saralash o‘yini bois, men uni milliy jamoadan olimpiyachilar safiga qo‘yib yuborgandim. U bilan hali bafurja gaplashib olganimiz yo‘q. O‘runov O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynaganida murabbiy men emas, Ektor Kuper bo‘lgan.
O‘runovning yosh ekanligi haqida gapiradigan bo‘lsam, hammasi oddiy. Kimdir yoshroq vaqtida porlaydi, kimgadir esa porlash payti kechroq kelishi mumkin. Bu borada oltin oraliq bo‘lmaydi. Oston «Spartak»da o‘ynab keta olsa, demak barchasi to‘g‘ri bo‘ladi. O‘ynab keta olmasa, uning katta klubga o‘tishiga hali vaqtli ekanligi haqida gapirganlar haq bo‘lib chiqadi», - deydi Vadim Karlenovich VseProSport.ru saytiga bergan intervyusida.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi
Jahon | 15:05
-
Kia O‘zbekiston bozorida yetakchilardan: 2025 yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar
O‘zbekiston | 15:00
-
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy aholining 2,7 foizini tashkil etyapti
O‘zbekiston | 14:48
-
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport | 14:37
Mavzuga oid

12:28 / 06.12.2024
Husanovdagi o‘sish, fantastik final, «Nasaf» chempionligi va Parij yo‘llanmasi – o‘zbek futbolining 2024 yildagi eng esda qolarli 10 voqeasi

15:58 / 07.02.2024
Oston O‘runov Eron klubiga o‘tdi. Futbolchining maoshi ochiqlandi

22:26 / 04.12.2023
Oston O‘runov «Navbahor» bilan xayrlashdi

17:32 / 28.07.2023