Maxsus mobil brigadada qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bo‘lishi kerak?

Jamiyat 18:06 / 05.08.2020 1533

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan koronavirus bilan bog‘liq bugungi vaziyat va davolashning yangi strategiyasi bo‘yicha ma'lumot berildi.

Tadbirda uy sharoitida bemorda bosh og‘rig‘i, isitma kabi koronavirus belgilari sezilsa, uyga mobil brigadalarni chaqirish belgilab qo‘yilgani, bunday brigadalarning qo‘lida qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bo‘lishi kerakligi aytildi.

«Maxsus mobil brigada 3 nafar mutaxassisdan iborat bo‘ladi: infeksionist, umumiy amaliyot shifokori, zaruratga qarab yoki epidemiolog, yoki Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimi bo‘ladi. U bevosita namuna olish uchun brigada qo‘shilgan.

Ular birlamchi tibbiy ko‘rik va tez yordam maqsadida keladi. Bunda albatta isitmani o‘lchash, o‘pkani eshitish uchun fonendoskop, pulsoksimetr va qon bosimi o‘lchanishi kerak. Bu birlamchi tibbiy yordamning birinchi tamoyillari.

Mobil brigadaning qo‘lida maxsus sumka mavjud. Sumkada xuddi «103»da bo‘lgani kabi tez tibbiy yordam dori vositalari, faqat ozgina qisqartirilgan shaklda.

Har bir klinik belgi, shikoyatga to‘g‘ri keladigan dori vositalari kiritilgan. Agar mobil brigada tashrif buyurganidan keyin Covid-19’ga oid klinik belgilar aniqlansa, bemorga maxsus dori vositalari solingan quti beriladi. U belgilarsiz yoki yengil kechuvchi ambulator sharoitda davolanadigan bemorlarga tavsiya etilgan dori vositalari.

Bu dori vositalari hukumat tomonidan sotib olinyapti. Bemor buning uchun pul sarflamaydi. U bepul. Hukumat tomonidan davolash uchun taqdim etilayotgan dorilar to‘plami», dedi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Laziz To‘ychiyev.

Ko‘proq yangiliklar: