Inkassatsiya xizmati tomonidan tashiladigan qimmatliklar sug‘urta qilinishi shart

O‘zbekiston 08:31 / 05.08.2020 1524

Mazkur Nizom «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar, Prezidentning 30.10.2018 yildagi «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
 
Norma’ning yozishicha, tijorat banklarining inkassatsiya xizmati faoliyatining asosiy maqsadi – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, banklar, banklarning filiallari va alohida bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarini shartnoma asosida daxlsizligi (butligi)ni ta'minlagan holda inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish.
 
Inkassatsiya xizmati naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borishni va uning daxlsizligini ta'minlash maqsadida xizmat qurolidan foydalangan holda, shuningdek ixtisoslashgan xizmat kiyimida va maxsus avtotransport vositalari orqali inkassatsiya brigadasi tomonidan amalga oshiradi.
 
Inkassatsiya xizmati xodimlarini xizmat qurollari va uning o‘q-dorilari bilan ta'minlash, ularni saqlash, foydalanish hamda hisobini yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
Inkassatorlar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan pul tushumlarini yig‘ish yo‘nalishlari va ularning tashrif vaqti jadvallari inkassatsiya xizmati tomonidan tuziladi. Inkassatsiya yo‘nalishlari va inkassatorlar guruhini panalab himoyalash rejasi joylardagi ichki ishlar organlari bilan kelishiladi hamda zaruratga qarab, yangilab boriladi.
 
Nizomda inkassatsiya xizmatini tashkil etish, ularni xizmat qurollari va kiyimi, maxsus avtotransport, radioaloqa vositalari hamda boshqa himoya vositalari va h.k. bilan ta'minlash bo‘yicha boshqa talablar ham ko‘rsatilgan.
 
Inkassatsiya xizmati bank Kengashi tomonidan (bir necha banklar tomonidan tashkil etilganda – ularning Kengashlari tomonidan birgalikda) tasdiqlangan Ustav asosida faoliyat yuritadi. Maxsus avtotransport vositalari hamda tashiladigan naqd pul va boshqa qimmatliklar sug‘urta qilinishi shart.
 
Inkassatsiya xizmatiga, agar ish bevosita naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish va kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lsa, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, sog‘lom, o‘qotar qurollar bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Hujjat bilan inkassatsiya xizmati xodimlariga qo‘yiladigan boshqa talablar ham belgilangan.
 
Nizomda quyidagilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar ham belgilangan:

inkassatsiya xizmatining maxsus avtotransport vositalariga;

inkassatsiya xizmatining bino va inshootlariga;

inkassatsiya xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga muvofiqligini nazorat qilish.
 
Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: