Joriy yilning 23 iyul kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 32 yoshli D.B. murojaat etib, uning xonadonidan pul o‘g‘irlanganligi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
D.B.ning so‘zlariga qaraganda o‘sha kuni soat 16:30 va 19:00 oralig‘ida uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan shaxs xonalardan birida turgan va ichida 40.000.000 so‘m bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida xodimlar o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlab, Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan, muqaddam sudlangan 25 yoshli T.U.ni qo‘lga olishdi.