«Biz IShIDni tugatdik... bu xalifalikka 100 foiz barham berdik... Biz Sulaymoniyni (eronlik general) va Al-Bag‘dodiyni (IShID rahbarini) daf qildik. Men ko‘plab prezidentlar qilmagan ishlarni bajardim. Ular Yaqin Sharqqa umuman bormasligi lozim edi», - deb bayonot berdi Tramp.
«Yaqin Sharqqa harbiylarni yuborish haqidagi qaror va ularning ishiga aralashish mamlakatimiz tarixidagi yagona eng katta xato bo‘lib qoldi», - deb ta'kidladi amerikalik yetakchi.
Eurasia Daily xabariga ko‘ra, 2001-2018 yillar davomida xorijda o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar natijasida 7 mingga yaqin amerikalik halok bo‘lgani, 52 mingdan ortig‘i jarohat olgan. Ulardan 60 foizidan ortig‘i Iroqdagi, 38 foizi Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarga to‘g‘ri keladi.