Sport vazirligi «Uyda qol! Hayotga qo‘shil!» sovrinli chellenjini qayta e'lon qildi

Sport 14:48 / 04.08.2020 5851

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish maqsadida yana #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjini o‘tkazishga qaror qildi.

Chellenjda qatnashish orqali siz nafaqat o‘z salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishingiz mumkin. Buning uchun siz:

1) uyda oila a'zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda o‘zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Videoroliklarni baholashda quyidagi mezonlarga e'tibor qaratiladi:

  • taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila a'zolari uy sharoitida sport bilan shug‘ullanish jarayoni aks etgani;
  • uyda sport bilan shug‘ullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
  • videorolikning sifati;
  • ishtirokchi(lar) uyda qolib sport bilan shug‘ullanishga da'vat etgan (chaqiriq) bo‘lishi;
  • videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga e'tibor qaratiladi.

Chellenjga 3 avgustdan qayta start berilib, to 27 dekabrga qadar davom etadi hamda g‘oliblar har hafta aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjida faol ishtirok eting hamda sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: