Fransiyalik olimlar koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori ekanligini aytishdi

Jahon 16:08 / 04.08.2020 6688

 Fransiya hukumati huzuridagi ilmiy kengash mamlakat yaqin oylarda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga duch kelishini taxmin qildi.

 "Kuz yoki qishda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori", - deya kengash xulosasidan iqtibos keltirmoqda Le Figaro gazetasi.

Ekspertlarning qayd etishicha, "Fransiyada vaziyat nazorat ostida, lekin juda nozik", vaqti-vaqti bilan epidemiologik vaziyat murakkablashib turibdi. 

 Ularning so‘zlariga ko‘ra, "epidemiya yaqin vaqt ichida qanday rivojlanishi fuqarolarning o‘z qo‘llarida".

 Avvalroq Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks mamlakatda koronavirus hali ham tarqalayotganligi sababli bo‘shashmaslik va hushyorlikni susaytirmaslikka chaqirgandi.  

 Worldometers portali ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada COVID-19 bilan bog‘liq 190 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 30 mingga yaqin bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: