Birjada bir haftada qancha shakar va benzin sotilgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 08:03 / 04.08.2020 2214

 Bunda sotuvlarning 85,0 foizi - birja savdolari, 5,0 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 9,3 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,4 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 345,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 16,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 366 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 3,0 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 17,0 foizi ikkinchi, 24,7 foizi uchinchi, 11,5 foizi to‘rtinchi, 15,0 foizi beshinchi va 28,8 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 707,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ydi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 1 201,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 025,0 tonnasi, ya'ni 85,3 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 92 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10,5 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, ya'ni 4,4 foizga o‘sdi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi 0,8 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10,6 mln so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida birja savdolariga 2 379,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 903,0 tonnasi, ya'ni 37,9 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,85 mln so‘mdan 5,83 mln so‘mgacha, ya'ni 0,2 foizga pasaydi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 0,1 foizga kamayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,84 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 68 594,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 8 997,7 tonnasi, ya'ni 13,1 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4,7 mln so‘mdan 4,6 mln so‘mgacha, ya'ni 3,4 foizga pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4,8 mln so‘mni, AI-91 benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5,5 mln so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: