Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi 

O‘zbekiston 21:23 / 03.08.2020 17970

«O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘p qismli film Turkiyaning «Bo‘zdag‘ film» studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat bo‘ladi. Uning rejissyori – Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi – Nazar Eshonqul. 

Hozirda Turkiyaning Oqsaroy viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyalardan iborat pavilon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. 

Shuningdek, filmda o‘zbekistonlik aktyorlardan Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov,  Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova ham rol ijro etishi kutilmoqda. 

Jaloladdin Manguberdi ibn Muhammad 1199 yilda Xorazmda tug‘ilgan. 1221 yilda otasi Xorazmshoh A'loiddin Muhammad II vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Ko‘p yillar davomida Chingizxon jangchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Ammo mo‘g‘ullarga qarshi yagona umumiy front tashkil etolmasdan, Kurdiston tog‘larida 1231 yilda o‘ldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: