To‘lov tizimlarida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi

O‘zbekiston 11:13 / 03.08.2020 3845

Qoidalar «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida», «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida», «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Norma’ning yozishicha, ichki nazorat tizimining asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
  • to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash.

 
Qoidalar bilan ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari belgilangan.
 
To‘lov tizimlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari o‘zlarining to‘lov agentlari va (yoki) subagentlarining faoliyatini hisobga olgan holda, o‘z ichki qoidalarini majburiy tartibda ishlab chiqadilar. Ularga rioya etilishi to‘lov agentlari va subagentlari uchun majburiydir. 
 
Qoidalarda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • ichki nazorat tizimini tashkil etish;
  • mijozlarni lozim darajada tekshirish;
  • shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari;
  • terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan operatsiyalar;
  • maxsus vakolatli davlat organiga ma'lumotlarni taqdim etish;
  • ma'lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini ta'minlash;
  • ichki nazorat xizmati hamda boshqa bo‘linmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi.

 
Qoidalarga ilovada jismoniy, yuridik shaxslarni, yuridik shaxs bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma'lumotlar ro‘yxati keltirilgan.
 
Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: