Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurga karantin vaqtida keluvchi barcha kishilarga elektron bilakuzuk taqiladi

Singapurga keluvchi barcha kishilar, jumladan xorijliklar 2 haftalik karantinda qolish vaqtida maxsus elektron bilakuzuklar taqishi kerak bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning ta'lim va inson resurslari vazirliklari hamda immigratsiya va nazorat boshqarmasining qo‘shma bayonotida aytilgan.
Ushbu talab 10 avgust soat 23:59dan kuchga kirib, mamlakat fuqarolari va xorijlik ishchilar hamda ularning oilalari a'zolariga taalluqli bo‘ladi. 12 yoshgacha bolalar ushbu qurilmalarni taqishdan ozod qilinadi.
Ushbu monitoring tizimlari mamlakatga kirish vaqtida beriladi. Agar karantinda bo‘lgan kishi o‘zi yashaydigan joyni tark etmoqchi bo‘lsa, qurilma bu haqida rasmiy idoralarga ma'lum qiladi. Qoidabuzarlar 10 ming Singapur dollari (7,2 ming dollar) miqdoridagi jarima va/yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin, xorijliklar esa deportatsiya qilinadi.
Singapurda majburiy karantin 21 martdan kiritilgan. Shu bilan birga, 15 iyundan hukumat Avstraliya, Bruney, Xitoy, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlarga maxsus markazlarda 2 haftalik izolyatsiyadan o‘tish talabini bekor qilgan.
Mavzuga oid

21:16 / 21.07.2025
Indoneziya politsiyasi chaqaloq savdogarlari tarmog‘ini fosh qildi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

14:20 / 28.05.2025