Koronavirusda ingalyatsiyani shifokor nazorati ostida qo‘llash tavsiya etiladi – shtab a'zosi

Jamiyat 13:16 / 03.08.2020 3690

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusda ingalyatsiya yordam berishiga oid savolga javob qaytardi.

«Ingalyatsiya turli yo‘tal shakllarida balg‘amni yumshatish va drenajlashda yoki bronxospazmlarda spazmni yo‘qotishda turli dori-darmonlarni qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanishda balg‘amsiz, quruq yo‘tal kuzatiladi. Bunday holatda ingalyatsiya qilish yallig‘lanishga yoki yo‘tal kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, kasallik bosqichini hisobga olgan holda, ingalyatsiyani qo‘llash qat'iy shifokor tavsiyasi va nazorati ostida tavsiya etiladi», deya javob bergan shtab a'zosi.

Bundan tashqari, koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma'lumotlar mavjudligi to‘g‘risidagi savolga ham javob berildi.

«JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan. Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi. Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa yengil kechiradi», dedi Sevara Ubaydullayeva.

Brifingda pandemiya sharoitida taksi bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus talablar haqida ham ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida taksi bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus talablar mavjud:

  • Haydovchi va yo‘lovchini kasallik yuqtirishidan himoyalash maqsadida shaffof plastik yoki klyonka bilan avtomashina salonini ikkiga ajratish;
  • Yo‘lovchilar mashinani orqa saloniga o‘tirishgani maqsadga muvofiqdir, bu bilan ma'lum masofalanish imkoniyati yaratiladi;
  • Shu bilan birga, niqoblarni taqish talablariga rioya qilgan holda yo‘lovchi va haydovchi niqoblarda bo‘lishlari kerak;
  • Shuningdek, avtomashina haydovchisi doimiy ravishda antiseptik vositalardan foydalanishi zarur.
Ko‘proq yangiliklar: