AQSh prezidentlik saylovi qoldiriladimi? Oq uyda javob berishdi

O‘zbekiston 00:35 / 03.08.2020 8018

AQShda 3 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlari o‘z vaqtida o‘tkaziladi. Bu haqda Oq uy apparat rahbari Mark Medouz ma'lum qildi.

«Prezident saylovni kechiktirish haqida o‘ylamayapti. Agar ovoz berishni pochta orqali amalga oshirsak, kechikish ana shunda bo‘ladi. Chunki tizim bunga tayyor emas. Saylov aniq 3 noyabr kuni o‘tadi va prezident unda g‘olib bo‘lmoqchi», deb Oq uy apparat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda The Hill.

30 iyul kuni Donald Tramp tvitterdagi sahifasida saylovni qoldirish haqida yozgandi. Prezident saylovni qoldirish kerak deb ochiq aytmagandi. U pochta orqali ovoz berish halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib, «Balki saylovni odamlar xavfsiz ovoz bera oladigan vaqtgacha qoldirish kerakdir?», deb yozgandi.

Trampning saylovdagi asosiy raqibi, demokratlar vakili Jo Bayden bir necha oy oldin koronavirus pandemiyasi fonida reytingi tushib ketayotgan prezident saylovni kechiktirish haqida gapirishini aytgandi. Uning fikricha, Tramp saylovda yutqazishdan qo‘rqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: