«Zaxirada 1650 ta maxsus test jamlamasi bor» – Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Jamiyat 21:48 / 02.08.2020 3512

«18 iyulda zaxiramizda 7580 test jamlamasi mavjud edi. Joriy yilning 2 avgust kuni holatiga ko‘ra zaxirada 1650 ta test jamlamasi qoldi. Kun davomida 439 nafar odamdan COVID-19ga tahlillar olinib, 829 ta test tahlillari o‘tkazildi. Shundan 133 tasi musbat, 696 ta manfiy chiqdi. Ayni paytda 1021 ta tahlillar tekshirish uchun laboratoriyada saqlanmoqda.

Shu paytgacha koronavirus infeksiyasi uchun test olinganlar soni 174 339 nafarni tashkil etadi. Charter reyslar va boshqa yo‘llar orqali xorijdan kelganlar karantin zonalariga joylashtirilmoqda. Karantin majmualarida albatta testlarni o‘tkazamiz. Qolaversa, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlardan bir necha marta test olamiz

To‘raqul Orziqulov
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Pandemiya boshlangangan buyon Toshkent viloyatida 3511 nafar shaxsning koronavirusga chalingani aniqlangan. Shu paytgacha 2527 nafar shaxs kasallikdan sog‘aygan. Ayni paytda 968 nafar bemor davolanmoqda. Hozirgacha 16 nafar bemor kasallik asoratlari tufayli vafot etgan. 1 avgust kuni 133 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi aholi orasidan chiqqan», deya viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Orziqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 avgust holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida kasallanganlarning 15 nafari o‘ta og‘ir, 20 nafari og‘ir, 225 nafari qoniqarli ahvolda. Alomatlarsiz uy sharoitida davolanayotganlar 708  nafarni, pnevmoniya holatidagilar 153 nafarni tashkil etadi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqqanini aniqlaydigan 1 millionta test zaxirasi bor va u uzluksiz yangilanib turilganini ma'lum qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: