Samarqandda yuzdan ortiq yangi holat aniqlandi. O‘zbekistonda jami holatlar soni 25 mingdan oshdi

O‘zbekiston 10:07 / 02.08.2020 52882

«2020 yil 2 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 040 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlari respublikaning 8 hududida qayd etilgan.

  • Samarqand viloyatida 103 holat;
  • Toshkent shahrida 99 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 18 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
  • Navoiy viloyatida 9 holat;
  • Namangan viloyatida 5 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 avgust kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 774ta yangi holat aniqlangani haqida xabar bergandi. Bu – hozirgacha kuzatilgan eng yuqori kunlik o‘sish.

O‘tgan kuni shuningdek, 835 bemor tuzalgan (bu ham rekord), ayni paytda yurtimizda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Shu vaqtgacha rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 148taga yetgan.

Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: