Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijliklarning Kanadaga kirishiga qo‘yilgan taqiq 31 avgustgacha uzaytirildi
Mazkur chora AQShdan Kanadaga va aksincha yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinalari haydovchilariga, shifokorlar va ayrim toifadagi fuqarolarga taalluqli emas.
Kanada hukumati mamlakatga xorijliklarning kirishiga qo‘yilgan taqiq muddatini 31 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib CBC telekanali xabar berdi.
Ushbu taqiq birinchi bor 16 martda joriy etilgan va 1 iyulgacha amal qilgandi. So‘ngra esa muddat 31 iyulgacha uzaytirilgandi.
Qayd etilishicha, mazkur chora AQShdan Kanadaga va aksincha yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinalari haydovchilariga, shifokorlar va ayrim toifadagi fuqarolarga taalluqli emas.
Kanadada pandemiya boshlanganidan buyon 116 ming kishi koronavirus yuqtirgan, 9 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

15:31 / 01.07.2025