Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan tadbirkorlik sub'yektlari aniqlandi

Jamiyat 11:39 / 01.08.2020 4330

2020 yilning 5 iyul kuni Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh shahri hududida faoliyat yuritayotgan MChJ sex boshlig‘i R.H. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U jamiyat 2018 yildan buyon Narpay tumanida klaster usulida paxta xomashyosi yetishtirish va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligini, jamiyat faoliyatida foydalanish uchun alohida gaz tarmog‘iga ulanganligini, shunga qaramasdan gaz ta'minotida bir maromdagi bosim bo‘lmasa-da tabiiy gaz uchun to‘lov miqdori oshishi kuzatilayotganligini, quvurning jamiyatga qarashli gaz hisoblagichdan keyingi qismining ikki joyidan tumandagi boshqa MChJlar ruxsatsiz yashirincha ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganliklari sababli to‘lov miqdori ko‘payib ketganligini bildirgan.

Qayd etilishicha, R.H. o‘ziga yetkazilgan zararni undirishda hamda ushbu MChJ mas'ullariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida MChJga kelgan tabiiy gaz tarmog‘i ko‘zdan kechirilganda, jamiyat gaz tarmog‘ining ikki joyidan boshqa xususiy korxona va MChJ yashirincha ulanib, gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelishganligi oqibatida R.X. ishlaydigan MChJga jami 148.120.236 so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: