Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi

Foto: SPUTNIK /EVGENIY EPANCHINTCEV
Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Valeriy Falkov mamlakat oliy o‘quv yurtlari rektorlari o‘tkazgan bilan onlayn majlis chog‘ida yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilar uchun tibbiy niqob taqish majburiy talab qilib belgilanishini ma'lum qildi.
Talabalar va o‘qituvchilarni niqoblar bilan ta'minlash universitetlar zimmasiga yuklanadi.
Koronavirusga antitanachalar hosil qilgan o‘qituvchilar va OTM xodimlari darslarda niqobsiz ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular tegishli ma'lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday o‘qituvchilarga ma'ruzalar o‘qish chog‘ida ham niqobdan foydalanmasligiga izn beriladi.
Shuningdek, barcha universitetlarda havoni dezinfeksiyalovchi qurilma o‘rnatiladi, o‘quv korpuslarida esa isitma o‘lchanadi.
Aviaqatnovlar tiklangan mamlakatlardan kelgan talabalar faqat 14 kunlik karantinda saqlanganidan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishishlari mumkin bo‘ladi.
Ular shuningdek, Rossiyaga kirib kelganidan 10-12 kun o‘tib, COVID-19ga test topshirishlari kerak bo‘ladi. Aviaqatnovlar tiklanmagan mamlakatdagi talabalar uchun OTMlar onlayn formatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini ta'minlab berishlari lozim.
Majlis chog‘ida vazir OTMlar o‘quv jarayonini sentyabrda boshlash yo boshlamaslik to‘g‘risida mustaqil qaror chiqarishlari mumkinligini alohida ta'kidlagan.
«OTMlar o‘quv yilining boshlanishini ikki oygacha surishlariga ruxsat beriladi. Biroq Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarining 92 foizi o‘quv yilini 1 sentyabrdan boshlashga tayyor», — degan Falkov.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
-
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti
Iqtisodiyot | 15:48
-
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 15:38
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025