Rossiya 11 avgustdan xalqaro aviaqatnovni to‘liq tiklashi mumkin. Ushbu masala muhokama qilinmoqda

Jahon 11:12 / 01.08.2020 43021

«11 avgustdan boshlab barcha mamlakatlarga aviareyslarni ochish masalasi muhokama qilinmoqda», - dedi TASS manbasi.

Ikkinchi manbaga ko‘ra, bunday g‘oya haqiqatan ham yaqinda Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova bilan uchrashuvda muhokama qilingan. Bugungi kundan boshlab Rossiya faqat uch mamlakat: Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan xalqaro havo qatnovini qisman tikladi. Rossiya va Abxaziya o‘rtasidagi chegara ham ochiq.

Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab xalqaro parvozlarni qayta tiklash imkoniyati ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish masalasi ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Rasmiylar bundan oldin Rossiya havo qatnovini faqat o‘zaro kelishuv asosida qayta tiklashini ta'kidlagan - agar xorijiy davlatlar rossiyaliklarga cheklovlarsiz kirishga ruxsat berishga tayyor bo‘lsa. Bu yaqin orada Yevropa ittifoqiga parvozlar qayta tiklanishi ehtimoldan yiroq ekanini anglatadi: Yevropa komissiyasining tavsiyalariga ko‘ra, so‘nggi 14 kun ichida kasallanish holatlari soni 100 ming aholiga 20 kishidan oshmagan mamlakatlardan YeIga kirishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Rossiya aholisi soni hisobga olinsa, bu kuniga ikki mingga yaqin holatni bildiradi - ya'ni, hozir ro‘yxatga olinayotganlarga nisbatan qariyb uch baravar kam.

Ko‘proq yangiliklar: