Qozog‘istonda birinchi marta koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanildi

Jahon 13:41 / 01.08.2020 29933

«Xabar-24» xabariga ko‘ra, markaz direktori Qaysar Tabinov vaksina bilan emlandi.

COVAX-19 vaksinasi Avstraliyada ishlab chiqilgan bo‘lib, hozircha klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tmoqda.

30 iyul kuni Qozog‘istonda mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilayotgan vaksina dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida TASS xabar bergan edi. Uning asosiy klinik sinovlari sentabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

29 iyul kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgani tufayli, 2 avgustgacha joriy qilingan qat'iy karantin cheklovlarini yana uzaytirgan edi. 30 iyuldan boshlab qozog‘istonliklar uchun ko‘chalarda tibbiy niqoblarni taqish majburiy qilindi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 90367ni, vafot etganlar soni 793ni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: