Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlik xodimlari belgilanmagan vaqtda shaxsiy mashinalarida yurishi mumkin emas – Adliya vazirligi
AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi kurashish shtabida tashkillashtirilgan navbatdagi brifing chog‘ida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi.
Brifingda pandemiya davrida shahar yoki tuman hokimliklari xodimlarining shaxsiy avtomashinalarida belgilangan vaqtlardan tashqari vaqtda harakatlanishi kuzatilayotgani yuzasidan izoh so‘ralgan.
«Respublika hududida karantin e'lon qilingani sababli, fuqarolar o‘zining shaxsiy avtotransport vositalarida kunning belgilangan vaqtidagina maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin.
Qolgan vaqtlarda esa Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker) asosida hamda avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxatida belgilangan asoslar bo‘yicha avtotransport vositasida harakatlanish mumkin.
Maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlarining faqat xizmat avtotransport vositalari keltirilgan. Lekin siz aytganingizdek, hokimiyat xodimlarining shaxsiy avtrotransport vositalari ushbu ro‘yxatda keltirilmagan», degan vazirlik vakili.
Shuningdek, dori vositalarini hech qanday qo‘llanmasiz, dorixonalar yoki ularning filiallaridan tashqarida, ya'ni ko‘cha-ko‘yda sotayotgan shaxslarga qonunchilikda qanday javobgarlik choralari mavjudligi bo‘yicha ma'lumot berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-1-moddasiga ko‘ra, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish huquqbuzarlik hisoblanadi. Ushbu qilmish huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan
100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu qilmish ma'muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksining 186-3-moddasiga ko‘ra:
- BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Brifingda tibbiyot xodimlari tomonidan shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatilishi rad etilishi uchun qonunchilikda qanday javobgarlik belgilangani ham ma'lum qilingan.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-1-moddasiga muvofiq, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish:
- fuqarolarga 669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga esa 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa:
- fuqarolarga 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga esa 2 mln 230 ming so‘mdan 3 mln 345 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
Mavzuga oid

19:14 / 11.07.2025
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

13:18 / 28.06.2025
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

18:37 / 20.06.2025