O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 14 mingdan oshdi

O‘zbekiston 17:17 / 31.07.2020 30823

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 5 hududida jami 524 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 14204 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+524)

  • Toshkent shahrida 291 nafar;
  • Toshkent viloyatida 184 nafar;
  • Andijon viloyatida 41 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar.

31 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773 nafarni tashkil etmoqda. Bugun hozircha respublikaning 9 hududida jami 502 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Yangi holatlar (+502)

  • Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) 111 holat.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 151 holat;
  • Toshkent viloyatida 118 holat;
  • Buxoro viloyatida 35 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 22 holat;
  • Andijon viloyatida 19 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 17 holat;
  • Namangan viloyatida 15 holat;
  • Navoiy viloyatida 10 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat.

O‘lim holatlari (+3)
Bugun hozircha Toshkent shahrida yana 3ta o‘lim holati qayd etildi va jami holatlar soni 139taga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 9 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: