Havas diskaunterlar tarmog‘i Qurbon hayiti ayyomi bilan muborakbod etadi

O‘zbekiston 12:18 / 31.07.2020 7401

Havas diskaunterlar tarmog‘i Sizni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi, Sizga baxt-shodlik, ishlaringizga omad tilaydi.

Bugun yuksak insoniy fazilatlar, mehr-muruvvat va oliyhimmatlik ramzi bo‘lmish Qurbon hayiti ayyomidir. Bu qutlug‘ pallada Havas diskaunterlar tarmog‘i barchangizga uzoq umr, ishlaringizga omad, xonadoningizga fayz-baraka tilaydi. Barcha ibodatlaringiz ijobat bo‘lishini, ezgu niyatlaringiz esa amalga oshishini tilab qoladi.

Qurbon hayiti qadimdan hayotimizda muhim joy egallagan, qalbimizni shodlikka, mehr-muhabbatga to‘ldirgan. Bu quvonchli ayyom barcha qiyinchiliklarni unutib, oila a'zolaringiz bilan shodu hurramlikda vaqt o‘tkazish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish va ezgu ishlarni amalga oshirishning ayni vaqtidir.

Joriy yilda yuz berayotgan hodisalar bir birimizga mehribon, sabr-toqatli bo‘lish qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash lozimki, yurtimiz aholisi barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘zining yuksak insoniy fazilatlarini namoyish etmoqda. Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz hatto o‘z sog‘ligini, hayotini xatarga qo‘yib bo‘lsada muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyorligini amalda ko‘rsatmoqdalar. Aynan shu sababli Qurbon hayiti biz uchun o‘zgacha ma'noga ega. Bu muborak ayyom milliy an'analarimizni, dunyoqarashimizni, qalbimizni aks ettiradi.  

Havas diskaunterlar tarmog‘i ushbu insoniy fazilatlar yurtimiz aholisini hech qachon tark etmasligini tilaydi. Aziz hamyurtlar, ibodatlaringiz doimo ijobat bo‘lsin, omad, baxt-saodat va mehr-muhabbat esa doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Qurbon hayiti muborak! 

Ko‘proq yangiliklar: