Qashqadaryodagi xonadondan 12 turdagi 20 780 000 so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlandi

Jamiyat 08:39 / 29.07.2020 9228

2020 yilning 14 iyul kuni soat 21:30da 32 yoshli G.B. Qashqadaryo viloyati Muborak tuman «Istiqlol» mahallasida yashovchi fuqaro B.A.ning uyidagi sandiqdan jami 12 turdagi umumiy bahosi 20.780.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari va 1.350 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida G.B.dan 12 dona tilla taqinchoqlar hamda 1.150 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va G.B. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: